Tarik Lempti "Brayton"dan "Fiorentina"ga o'tdi.

Italiya klubi 24 yoshli himoyachining transferini e'lon qildi.

Lempti "Chelsi" yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U so'nggi 5 mavsumda "Brayton" safida APL, Evropa Ligasi, Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida 122 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchi Gana terma jamoasi safida ham 11 ta o'yin o'tkazgan.