"Chelsi" sobiq futbolchisi: "Arsenal"da butun Evropa bo'yicha eng kuchli tarkiblardan biri bor"

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikelning fikricha, "Arsenal" joriy mavsumda uzoq kutilgan Premer-liga oltin medalini qo'lga kiritishi kerak.
Yakshanba kuni "kanonirlar" "Nyukasl" ustidan irodali g'alabani ilib ketdi (2:1) va peshqadam "Liverpul"ga yaqinlashdi.
"Arteta nafaqat Premer-ligada, balki butun Evropada eng kuchli bo'lgan ajoyib jamoani to'pladi. Agar tarkib kengligi haqida gapiradigan bo'lsak, shunchaki ajoyib. Bu mavsumda ular yana chempion bo'lmasa, hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas," - dedi Obi Mikel.