Jon Obi Mikel APLning butun tarixi davomidagi ramziy terma jamoasini tuzdi.

"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi terma jamoaga London klubining olti nafar sobiq futbolchisini - Petr Chex, Eden Azar, Jon Terri, Eshli Koul, Ngolo Kante va Dide Drogbani kiritdi.

Darvozabon: Petr Chex.

Himoyachilar: Kayl Uoker, Jon Terri, Toni Adams, Eshli Koul.

Yarim himoyachilar: Pol Skoulz, Ngolo Kante.

Qanot hujumchilari: Muhammad Saloh, Eden Azar.

Hujumchilar: Terri Anri, Dide Drogba.