«Chelsi» Angliya chempionatining so'nggi turida safarda «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi. Londonliklar uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlaydi:

Sanches, Gyusto, Fofana, Kolvill, Xato, Kukurelya, Kaysedo, Entso Fernandes, Palmer, Netu va Joao Pedro.

«Sanderlend» va «Chelsi» o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Ayni damda «Chelsi» Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. London klubi mavsum yakunida evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Manba: www.stadion.uz.