"Chelsi" Rosenor qo'l ostida yuqori temp namoyish qilmoqda

Liam Rosenor "Chelsi" boshqaruvida ettinchi o'yinini o'tkazdi.
41 yoshli mutaxassis boshqaruvidagi jamoa APLning 24-turida "Vest Xem"ni mag'lub etdi (3:2). Bu "ko'klar"ning amaldagi bosh murabbiy qo'l ostidagi oltinchi g'alabasi bo'ldi, shuningdek, ular bitta mag'lubiyatga uchradi - Angliya Liga kubogi yarim finalining birinchi o'yinida "Arsenal"ga (2:3).
3 fevral kuni "Chelsi" "kanonirlar" bilan javob uchrashuvi o'tkazadi.
