Londonning «Chelsi» klubi «Renn» himoyachisi Jeremi Jake bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi klubiga o'tishga tayyor, ammo muzokaralar hali ham davom etmoqda. «Renn» frantsuz futbolchisi uchun 65 mln evro talab qilmoqda.

Jeremi Jake "Renn" safida tarbiyalangan futbolchi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Frantsiya chempionatida 16 ta o'yin o'tkazdi va har bir o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 mln evroni tashkil qiladi.

Manba: championat.com