"Chelsi" rekord o'rnatdi

Darvozabon Robert Sanchesning erta chetlatilishi va undan keyin o'tkazib yuborilgan gol "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskani "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinning 21-daqiqasida uchinchi marta almashtirishga qo'l urishga majbur qildi.
Opta xabariga ko'ra, "Chelsi" Angliya premer-ligasi rekordini o'rnatdi. Ilgari bir jamoa atigi 21 daqiqa ichida uchta o'zgarishni amalga oshirmagan edi.