"Chelsi" "Real" transfer maqsadini qo'lga kiritmoqchi

Niderlandiyaning "AZ Alkmaar" klubi yarim himoyachisi Kes Smitga Evropaning yana bir top-klubi qiziqish bildirmoqda. Yosh yulduz uchun asosiy da'vogar uzoq vaqtdan beri yaqin kelajakda transferni amalga oshirishni rejalashtirayotgan Madridning "Real" klubi bo'lib kelgan. Defensa Central xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchini "Chelsi" ham nishonga olgan. London grandining qiziqishi "qaymoqranglilar"ni yanada qat'iyroq harakat qilishga majbur qilishi mumkin.
Transfermarkt portali ekspertlari Kes Smitning narxini 5 mln evroga baholamoqda, niderlandiyalikning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. "AZ Alkmaar"ning asosiy jamoasida xavbek 41 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.