«Lids» klubi himoyachisi Gabriel Gudmundsson faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

Taniqli jurnalist Anel Avdichning xabar berishicha, 27 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Londonning «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Ko'klar» shvetsiyalik futbolchini yaqindagina Madridning «Real» klubiga ko'chib o'tgan Mark Kukurelyaning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.

Ma'lumot uchun, Gabriel Gudmundsson 2025 yili 11 million evro evaziga Frantsiyaning «Lill» klubidan «Lids»ga o'tgan edi. Uning «tovuslar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Himoyachi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «Lids» safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Nufuzli Transfermarkt portali shvetsiyalik futbolchining transfer bahosini 20 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz