«Chelsi» «Real»ga ketgan Kukurelyaning o'rniga nomzod topdi

Londonning «Chelsi» klubi himoyachi Mark Kukurelyaning o'rnini kim bilan to'ldirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi. Avvalroq, ispaniyalik futbolchi Madridning «Real» klubiga o'tishni yakunlagani haqida xabar berilgan edi.
Jurnalist Saymon Fillipsning ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» «Sporting» himoyachisi Maksimiliano Arauxoni Kukurelyaga potentsial o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. Ta'kidlanishicha, 26 yoshli urugvaylik futbolchining shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq, portugallar o'yinchini 35–50 million evro evaziga ham qo'yib yuborishlari mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Arauxo barcha turnirlarda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.