"Chelsi" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda

"Chelsi" Madridning "Real" klubi etakchisini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko'ra, londonliklar rahbariyati Antonio Ryudigerni kelasi yilning yozida, uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha tugagach, ortga qaytarishi mumkin.
Shunga qaramay, "Real" vakillari va Ryudigerning agentlari hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Antonio Ryudiger 2025/26 yilgi mavsumda atigi bitta o'yin o'tkazdi. Hozirda 32 yoshli nemis tizza osti payidan olgan og'ir jarohatidan tiklanmoqda. Transfermarkt saytida uning transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.