"Chelsi" rahbariyati Rosenordan nimani kutayotgani ma'lum bo'ldi

«Chelsi»ning muvaffaqiyatsizliklar seriyasi davom etmoqda: shanba kuni Liam Rossenor jamoasi Premer-liga doirasida «Everton»dan javobsiz uchta gol o'tkazib, mag'lub bo'ldi.
Sezilarli pasayishga qaramay, klub rahbariyati hamon murabbiy jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqishini kutmoqda, deb xabar beradi jurnalist Nizaar Kinsella. Xuddi shunday vazifa ingliz mutaxassisi oldiga yanvar oyida, u lavozimga kirishgan vaqtda ham qo'yilgan edi.
Chempionlar Ligasi hududiga kira olmaslik Rossenorning kelajagiga qanday ta'sir qilishi hozircha noma'lum, biroq bunday holatda «ko'klar» yozgi transfer oynasida o'zlari istagan futbolchilarni sotib ololmasliklari aniq.