"Chelsi" qishki transferlar vaqtida markaziy himoyachi Aksel Disasini sotib yubormoqchi.

27 yoshli futbolchi Entso Mareskaning rejalariga kirmaydi va "ko'klar" tarkibidan allaqachon chetlatilgan. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, ko'plab mish-mishlarga qaramay, londonliklar Disasini qishda ijaraga bera olmaydi, chunki klub joriy mavsum uchun barcha ijara limitlaridan foydalanib bo'lgan.

Frantsiyalik futbolchiga "Lion", "Parij" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda - barcha da'vogarlar futbolchining bozorda mavjudligi haqida allaqachon xabardor qilingan.

Transfermarkt portali Disasining narxini 15 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda markaziy himoyachi "Chelsi"ning asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi.