"Ko'klar" 23 yoshli futbolchining transferi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

O'tgan mavsumda Barrios sirasiga 35 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ijrochining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 mln evroni tashkil etadi.