"Chelsi" Palmer borasida bir qarorga keldi

Londonning "Chelsi" klubi jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer bilan xayrlashish niyatida emas. Bu haqda Standard nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, "pensionerlar" moliyaviy hisobotlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganiga qaramay, o'zlarining etakchi futbolchilarini sotmasdan vaziyatni barqarorlashtirish niyatidalar.
Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 23 yoshli yarim himoyachi 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Palmerning London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachining bozor qiymati 120 million evroga baholanmoqda.