«Atalanta»ning qanot himoyachisi Marko Palestra Londonning «Chelsi» klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Luka Cherchione xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, o'tgan tunda «Chelsi» 21 yoshli futbolchi uchun «Atalanta»ga 55 million evrodan ko'proq mablag' taklif qilgan. Biroq ta'kidlanishicha, Palestraning o'zi «Inter»ga o'tishni xohlamoqda.

Shu bilan birga, agar «Chelsi» yanada foydaliroq shartnoma shartlarini taklif qilsa, himoyachi o'z qarorini o'zgartirishi istisno qilinmaydi. Ammo ayni paytda transfer poygasida «Inter» etakchilik qilmoqda.

A Seriyaning yakunlangan mavsumida Palestra ijara asosida «Kalyari» safida harakat qildi. U 37 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz