Londonning «Chelsi» klubi vingeri Alexandro Garnachoga Angliya Premer-ligasining boshqa jamoalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. MatchDay Central nashrining xabar berishicha, 21 yoshli argentinalik futbolchi xizmatiga «Sanderlend» va «Tottenxem» klublari ko'z tikkan.

Biroq hozirda transfer amalga oshishi ehtimoli past baholanmoqda. Bunga asosiy sabab — «Chelsi» rahbariyati o'z futbolchisi uchun 70 million funt sterling (taxminan 81 million evro) talab qilayotganidir. Ta'kidlash kerakki, «aristokratlar» Garnachoni o'tgan yilning avgust oyida «Manchester Yunayted»dan 46 million evro evaziga sotib olgan edi.

Alexandro Garnacho o'tgan mavsumda «Chelsi» safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o'yinlarda 8 ta gol urishga va 4 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.