Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Aksel Disasi shu yozda jamoani tark etishi mumkin.

Taniqli jurnalist Mirko Di Natalening xabar berishicha, frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Italiyaning «Roma» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rimliklar so'nggi soatlarda ushbu o'tishning ehtimoliy shartlari bo'yicha dastlabki so'rovni amalga oshirishgan. «Ko'klar» esa o'z futbolchisini 25 million evroga baholashmoqda.

Ma'lumot uchun, Aksel Disasi 2023 yili 45 million evro evaziga «Monako»dan «Chelsi»ga ko'chib o'tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Himoyachi 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Vest Xem» safida o'tkazdi. U «bolg'achilar» libosida barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Nufuzli Transfermarkt portali Disasining transfer bahosini 15 million evro deb hisoblamoqda.

Manba: Stadion.uz