"Chelsi" "Nottingem Forest" himoyachisi Murilo bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Daily Express.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli braziliyalikning transferiga londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska jiddiy qiziqish bildirmoqda va u himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi.

2025/26 yilgi mavsumda Murillo barcha musobaqalarda 5 ta o'yinda ishtirok etgan. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 55 million evroga baholagan.