«Chelsi»ning yozgi transfer nishoni ma'lum

Londonning «Chelsi» klubi bo'lajak transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytiradi. Mashhur jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'klar»ning asosiy maqsadlaridan biri — ham chap qanotda, ham hujum markazida o'ynay oladigan hujumkor futbolchi bilan shartnoma imzolash hisoblanadi.
Liam Rosinor jamoasi Premer-liganing joriy mavsumida 31-turdan so'ng turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni, 12 aprel kuni poytaxt jamoasi o'z maydonida chempionatning navbatdagi turi doirasida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
O'tgan yozda «Chelsi» yangi o'yinchilar uchun taxminan 330 mln evro sarflagan bo'lsa, futbolchilar sotuvidan bundan ham ko'proq mablag' ishlab olgan edi.