"Chelsi"ning yangi ustozi hozirgi tarkibdan mamnun

"Chelsi" qishki transfer oynasida katta transferlarni rejalashtirmayapti.
Yaqinda iste'foga chiqqan Entso Mareskaning o'rnini Liam Rosenor egalladi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi hozirgi tarkibdan mamnun va klub rahbariyati ham o'yinchilar tanlovidan xursand.
Agar foydali imkoniyat paydo bo'lsa, "Chelsi" yanvar oyida transferni amalga oshirishi mumkin, ammo ular darhol katta transferlar ustida ishlamaydi.