Liem Rosenor Angliyaga keldi va tez orada "Chelsi" bosh murabbiyiga aylanadi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Strasburg"ni boshqarayotgan mutaxassis allaqachon Londonga uchib kelgan. U bir kun davomida "ko'klar" rahbariyati bilan muloqot qiladi va hafta oxirigacha o'z ishini boshlaydi. Liga 1 jamoasi 41 yoshli inglizga o'rinbosar qidira boshladi.

1 yanvar kuni "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini Entso Mareska tark etgan edi.