"Chelsi"ning yangi a'zosi moslashishdagi qiyinchiliklarni tushuntirdi

"Chelsi" himoyachisi Yorrel Xato Angliya maydonlarida o'zini ko'rsata olmayapti.
19 yoshli futbolchi "ko'klar" tomonidan Amsterdamning "Ayaks" klubidan qariyb 45 mln evroga sotib olingan edi.
"Niderlandiya chempionatidan keyin Premer-ligaga moslashish unchalik oson bo'lmadi va boshida menga ancha qiyin bo'ldi. Endi, o'ylaymanki, vaziyat kun sain yaxshilanib bormoqda," - deya Xato so'zlarini keltiradi jurnalist Dom Smit.
Chap va markaziy himoya chizig'ini yopishga qodir bo'lgan yosh futbolchi Entso Mareski jamoasining oltita o'yinida ishtirok etdi.