«Chelsi»ning sobiq murabbiyi Rosanor APL klubini boshqarishi mumkin

«Chelsi» sobiq bosh murabbiyi Liam Rosanor «Ipsvich»da ish boshlashi mumkin. «Traktorchilar» yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra Premer-ligaga qaytishdi, biroq ustozsiz qolishdi. Kiran Makkenna lavozimini tark etib, vaqtinchalik murabbiylik faoliyatidan uzoqlashishga qaror qildi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, «Ipsvich» rahbariyati Rosanor nomzodini ko'rib chiqmoqda, shuningdek, short-listdan Frantsiyaning «Strasburg» klubidan Gari O’Nil ham joy olgan.
Liam Rosanor yanvar oyida «Chelsi» boshqaruviga kelgan edi, ammo aprel oyidayoq iste'foga chiqarildi. Bundan oldin angliyalik mutaxassis o'sha «Strasburg» klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Kiran Makkenna esa «Ipsvich»dagi lavozimini 2021 yilning dekabridan beri egallab kelayotgan edi.