"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska matbuot anjumanida ikki futbolchi safga qaytganini ma'lum qildi. Estevao va Liam Delap "Aston Villa"ga qarshi Premer-liga o'yinida jamoaga yordam berishga tayyor bo'ladi.

"Estevao va Delap shanba kungi o'yinga tayyor. Biz Delapning qancha vaqtda safga qaytishini aniq bilmasdik, u shanba kuni tayyor bo'ladi. Futbolchilarimiz qaytayotganidan xursandmiz," - dedi Mareska jurnalistlarga.

"Chelsi" va "Aston Villa" o'yini 27 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. Londonliklar Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi (29 ochko), birmingemliklar esa uchinchi (36 ochko) o'rinda bormoqda.