Londonning "Chelsi" klubi Angliya Premer-ligasi o'yinlarini qaytishi oldidan yaxshi yangiliklarni e'lon qildi.

Jurnalist Saymon Fillipsning ma'lum qilishicha, "Chelsi" markaziy himoyachisi Benua Badyashil va jamoa tayanch yarim himoyachisi Romeo Laviya "Brentford"ga qarshi safar o'yini oldidan umumiy guruhda to'laqonli mashg'ulotlarga kirishgan. Ikkala futbolchi ham klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynagan, ammo joriy mavsumda hali maydonga tushmagan.

Futbol bo'yicha Angliya Premer-ligasi 4-turi doirasida 13 sentyabr, shanba kuni Entso Mareska shogirdlari "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi.