"Chelsi"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Joau Pedro “Chelsi”da avgus oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
23 yoshli braziliyalik hujumchi muxlislar tomonidan berilgan ovozlarning 77 foizini to'plab, etakchi bo'ldi. Ikkinchi o'rin Moyses Kaysedoga tegishli bo'ldi (11 foiz).
Pedro avgust oyida Angliya Premer-ligasida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi yozgi transfer oynasida “Brayton”dan 60 million funt evaziga “Chelsi” safiga kelib qo'shildi.