"Chelsi" Liam Rosenor haqida iliq fikrda.

Insayder Fabritsio Romano London klubida Entso Mareskaning o'rnini kim egallashi mumkinligi haqida suhbatlashar ekan, klub rahbariyati "Strasburg" bosh murabbiyini yuqori baholayotganini aytdi.

Biroq, jurnalist hozirda italiyalik murabbiyning ingliz klubini aniq tark etishi haqida gap-so'zlar yo'qligini va "ko'klar" hozirda uning o'rnini bosuvchi odam qidirmayotganini ta'kidladi. Rosenorning hurmati uning "Chelsi" singari BlueCO guruhiga tegishli bo'lgan klubdagi muvaffaqiyati bilan bog'liq.

Liam 2024 yildan beri "Strasburg"ni boshqarib kelmoqda. O'tgan mavsumda klub Liga 1da ettinchi o'rinni egalladi va hozirda 16 ta o'yindan so'ng aynan shu pozitsiyada.