"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor Mixail Mudrikning holati haqida gapirdi.

25 yoshli futbolchi tez orada jamoa qarorgohiga qaytishi mumkin - doping uchun diskvalifikatsiya muddati yakunlanmoqda.

"Men hali Mudrik bilan gaplashmadim, lekin buni aniq rejalashtiryapman. Mixail ajoyib o'yinchi, u jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Mavridi kelganda, albatta suhbatlashamiz. Shuningdek, rahbariyat va sport direktorlari bilan vaziyatni muhokama qilishim kerak", - deya Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Dom Smit.

Yakshanba kuni "Chelsi" Premer-liganing 23-turida "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi.