«Chelsi» Liam Rosenor bosh murabbiy lavozimidan bo'shatilganidan keyingi ilk o'yinida g'alaba qozondi.

Bugun «ko'klar» Angliya Kubogi yarim finalida «Lids»ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Jamoani Kalum Makfarleyn boshqarib chiqdi. Rosenor qo'l ostidagi so'nggi 8 o'yinda londonliklar umumiy 2:19 hisobida 8 ta mag'lubiyatga uchragan va faqatgina Kubok doirasida «Port Veyl» ustidan bitta g'alabaga (7:0) erishgan edi.

4 may kuni «Chelsi» APL doirasida «Nottingem Forest» bilan kuch sinashadi.