"Chelsi" "Milan" yulduzi bo'yicha muzokaralarni tikladi

Londonning "Chelsi" klubi yana "Milan" darvozaboni Mayk Menyan vakillari bilan bog'landi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" hamon Menyanni tekinga qo'lga kiritmoqchi. Frantsuzning o'zi "Milan" bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Qayd etilishicha, "Chelsi" biror darvozabonni o'z safiga qo'shib olsa, Filipp Yorgensendan qutulishga harakat qiladi.
Joriy mavsumda 30 yoshli Menyan barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol o'tkazib yubordi va 7 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.