«Milan» darvozaboni Mayk Menyan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Football Italia xabariga ko'ra, «Chelsi» Frantsiya terma jamoasi posbonining atrofidagilar bilan aloqani faollashtirdi va allaqachon uning agenti Jonatan Kebe bilan yozgi transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hozircha London klubi rasmiy taklif bilan chiqmadi, biroq qiziqish jiddiy hisoblanadi va yaqin haftalarda muzokaralar rivojlanishi mumkin.

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Menyanni o'z loyihasining muhim qismi deb biladi va frantsiyalik darvozabonga teng keladigan o'rinbosar topish juda qiyin bo'lishini ta'kidlaydi.

Shu bilan birga, futbolchining o'z pozitsiyasi hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Menyan faoliyatidagi yangi chaqiriqqa tayyor va Angliya chempionatida to'p surish u uchun juda jozibali variant bo'lib ko'rinmoqda.

Klub rahbariyatidagi o'zgarishlar qo'shimcha noaniqlik keltirib chiqarmoqda. Darvozabon bilan shartnomani uzaytirish avvalgi sport rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan kelishilgan edi, ular esa hozirda «Milan»ni tark etishgan.

Manba: Stadion.uz