«Chelsi» «Liverpul» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Londonning «Chelsi» klubi «Liverpul»ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virtsga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Football Insider. Manbaga ko'ra, agar mersisaydliklarga mos taklif tushsa, ular yarim himoyachi bo'yicha muzokaralarni ko'rib chiqishlari mumkin.
Qayd etish lozimki, Virts hozirda «Chelsi»ni boshqarayotgan Xabi Alonso qo'l ostida «Bayer»da to'p tepgan. Florian o'tgan yozda «Liverpul»ga o'tib, klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylangan edi. «Qizillar» safidagi debyut mavsumida yarim himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Virtsning bozor qiymatini 110 million evroga baholamoqda.