"Chelsi" so'nggi 6 o'yinning 2 tasida g'alaba qozondi.

Entso Mareska jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turida "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Bu londonliklarning so'nggi 6 o'yindagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Avvalroq, ushbu davrda ular  "Linkoln Siti"ni mag'lub etgan (2:1), shuningdek, 3 marta mag'lubiyatga uchragan va bir marta durang o'ynagan.

4 oktyabr kuni "ko'klar" APLning 7-turida "Liverpul"ni qabul qiladi.