«Chelsi» Kukurelyani qanchaga sotishga tayyor ekani ma'lum bo'ldi

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya Madridning «Atletiko» klubi uchun transferdagi asosiy maqsadlardan biri bo'lib qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Ispaniya klubi rahbariyati futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor, biroq ular bitimni 50 million evrodan kamroq summaga rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, London klubining pozitsiyasi ancha qat'iy. Kutilishicha, «Chelsi» muzokaralarni 70 million evro atrofidagi narxdan boshlaydi va mudofaa chizig'idagi asosiy o'yinchilaridan birini arzon narxda qo'yib yubormoqchi emas.
O'tgan mavsumda futbolchi APLda 34 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va golli uzatma (gol+pas) muallifiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha amal qiladi, bozor qiymati esa 50 million evroga baholanmoqda.