«Torino»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Chezare Kazadei Londonning «Chelsi» klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda TUTTOmercatoWEB nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, London klubi 2025 yilning fevral oyida jamoani tark etgan Kazadeining transferi ustida allaqachon ish bora boshlagan. «Chelsi» tarkibni qayta qurishni davom ettirmoqda va 23 yoshli italiyalik futbolchi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

«Chelsi» Kazadeini 2022 yilda «Inter»dan sotib olgan edi, biroq 2025 yilning boshida uni «Torino»ga sotib yuborgan. Yarim himoyachi «aristokratlar»ning asosiy jamoasi safida bor-yog'i 17 ta o'yinda maydonga tushgan va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmagan.

Yakunlangan mavsumda Kazadei barcha turnirlarni hisobga olgan holda 36 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 7 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

Futbolchining transfer bozoridagi bahosi Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra 15 million evroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz