«Chelsi» «Sanderlend» yarim himoyachisi Granit Jakani o'z safiga qo'shib olishga bo'lgan urinishlarini davom ettirmoqda.

«Sanderlend» mavzulariga ixtisoslashgan jurnalist Jeyms Koplining ma'lumotlariga ko'ra, London klubi shveytsariyalik futbolchining transferi uchun summani 10-12 million funt sterlinggacha (plyus bonuslar) oshirgan holda navbatdagi taklifni yuborishga shaylanmoqda. Avvalroq «qora mushuklar» «ko'klar»ning 8 million funt sterlinglik taklifini rad etgan edi.

Granit Jakaning «Sanderlend» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz