«Chelsi» ispaniyalik futbolchi uchun taklifni ikki barobarga oshirdi

«Chelsi» «Rayo Valekano»ning 28 yoshli chap qanot himoyachisi Pep Chavarriyaning transferi bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda.
Avvalroq londonliklar bonuslar bilan birga 12 million evro taklif qilgani, biroq bu ispan klubini qanoatlantirmagani xabar qilingandi.
Endilikda, insayder Matteo Morettoning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz jamoasi bonuslarni hisobga olgan holda 25 million evro miqdorida yangi taklif bildirmoqchi.
Futbolchi allaqachon «Chelsi» bilan kelishuvga erishgan va klublar tez orada o'zaro murosaga kelishiga umid qilmoqda.
O'tgan mavsumda Chavarriya La Ligada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar