Manba bergan xabarga ko'ra, «Chelsi» «Bornmut»ning frantsuz hujumchisi Eli Junior Krupi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

«Ko'klar» futbolchi uchun kurashda «Arsenal»ga raqobat tug'dirishga tayyor. Krupining amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Yakunlangan mavsumda Eli Junior Krupi «Bornmut» safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo'ydi.