Londonning “Chelsi” klubi markaziy hujumchi David Datro Fofanani ijaraga berdi.

Futbolchining yangi klubi - "Fotix Karagyumryuk".

Bu haqda Turkiya matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida xabar berdi.

Kot-d'Ivuar terma jamoasi forvardi joriy mavsum oxirigacha Turkiya chempionatida to'p tepadi. Shartnomaga ko'ra, "Fotix Karagyumryuk" Fofanani ijara muddati tugagach sotib olish huquqiga ega.