Liam Delap "Fulxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

APL 3-turidan o'rin olgan “Chelsi” va “Fulxem” (2:0) o'rtasidagi bahsda "Chelsi" hujumchisi Liam Delap 14-daqiqada jarohati sabab almashtirildi - futbolchi sonning orqa qismidan jarohat olgan.

Uning o'rnini 19 yoshli Tayrek Jorj egalladi.

Eslatib o'tamiz, London klubi avvalroq hujumchi Nikolas Jeksonning "Bavariya"ga o'tishi borasida kelishib olgandi.