"Chelsi" hujumchisi Liam Delap yaqin orada jamoaga yordam bera olmaydi.

22 yoshli futbolchi "Bornmut"ga qarshi kechgan so'nggi o'yinda elkasidan jarohat olib, birinchi bo'limda zaxiraga olingandi. Jurnalist Aleks Krukning ma'lumotiga ko'ra, angliyalikning tiklanishi uchun olti haftadan sakkiz haftagacha vaqt ketadi.

Liam Delap "Chelsi"ga joriy yilning iyun oyida "Ipsvich"dan ko'chib o'tgan edi. Futbolchi Entso Mareska jamoasi safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Seshanba kuni "ko'klar" Chempionlar ligasi doirasida safarda Italiyaning "Atalanta" klubiga qarshi maydonga tushadi.