Londonning «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasida himoya markazini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Guardian nashrining xabar berishicha, «ko'klar»ning short-listida «Nottingem Forest» yulduzi Murillo yuqori o'rinni egallab turibdi, shuningdek, «Brayton» a'zosi Yan-Pol van Xekke ham poytaxt klubida qiziqish uyg'otgan. «Chelsi» rahbariyati yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy mablag' ajratishga tayyor.

Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari 25 yoshli Murilloning bozor qiymatini 50 million evroga baholamoqda. 25 yoshli van Xekkening narxi esa 35 million evroni tashkil etadi.

Liam Rosenor boshchiligidagi jamoa 31-turdan so'ng Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.