"Chelsi" himoyachi Alfi Gilkristni "Vest Bromvich"ga sotdi.

Summa 2 mln funtni tashkil etdi, shuningdek, kelishuvga bonuslar ham kiritilgan, deb xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.

21 yoshli futbolchi Chempionship klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchining hisobida "ko'klar" safida 17 ta o'yin bor. O'tgan mavsumni Gilkrist "Sheffild Yunayted"da ijarada o'tkazgandi.