"Chelsi" himoyachisiga Evropaning 5 ta klubi qiziqish bildirmoqda

Londonning "Chelsi" klubida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Aksel Disasi katta ehtimol bilan qishda jamoadan ketadi.
27 yoshli frantsuzga hozirda "Vest Xem", "Nyukasl", "Borussiya Dortmund", "Yuventus" va "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda. Transfer ijara asosida amalga oshadimi yoki to'liq transfer, bunisi hozircha noma'lum.
Aksel Disasining Transfermarkt portalidagi narxi - 18 mln evro. 2023 yilning yozida "Chelsi" transfer uchun 45 mln evro to'lab, "Monako"dan markaziy himoyachini sotib oldi.