Himoyachi Benua Badyashil shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, frantsuz londonliklarning yangi mavsum uchun rejalariga kirmaydi. Futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Yaqin vaqt ichida «haydarchilar» futbolchining transferi bo'yicha taklif berishga tayyor.

Benua Badyashil 2023 yilda «Monako»dan 38 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «ko'klar» safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali frantsuzning qiymatini 15 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz