«Chelsi» himoyachisi kelajagi bo'yicha tanlov qildi

Fabritsio Romano «Chelsi» himoyachisi Aksel Disasining kelajagi haqida ma'lumot berdi.
Futbolchiga «Milan»dan taklif kelib tushgan. Himoyachi italiyalik klub variantini ustuvor deb hisoblamoqda, garchi unda «Vest Xem»dan ham taklif bo'lsa-da. Hozirda tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Aksel Disasi APLda «Chelsi» safida 44 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.