"Chelsi" himoyachisi jarohat sabab Angliya terma jamoasiga bormaydi

Londonning "Chelsi" klubi o'ng qanot himoyachisi Ris Jeyms Angliya terma jamoasining oktyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
25 yoshli futbolchi "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) noqulayliklar his qilmoqda. U klub bazasida tiklanishni davom ettiradi.
Jeyms joriy mavsum 9 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi.