"Chelsi" "Vulverxempton"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Aristokratlar"ning dastlabki goli muallifi Malo Gyusto o'yinga baho berdi.

"Birinchi bo'limda raqib zich harakat qildi va biz chiziqlar orasidagi bo'shliqni topishga qiynaldik. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq bo'ldi, bir-birimizni osonroq topdik va gol ura oldik. Shundan so'ng osonlashdi.

Jamoada anchadan beri borman, ammo bu hali boshlanishi. Terma jamoalar uchun pauza oldidan uch ochko juda muhim. Biz top-4 ga kirmoqchimiz - bu bizning maqsadimiz. Jamoa uchun juda xursandman," - dedi Gyusto Sky Sports efirida.

Premer-liganing navbatdagi turida "Chelsi" safarda "Byornli" mehmoni bo'ladi.