«Chelsi» Gyusto uchun ulkan narx belgiladi

«Chelsi» o'ng qanot himoyachisi Malo Gyustoni sotishga shoshilmayapti. Yaqin orada 23 yoshli frantsiyalik futbolchining pozitsiyasiga Marko Palestra bilan shartnoma imzolanadi, uning «Atalanta»dan transferi «ko'klar»ga taxminan 60 mln evroga tushadi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik futbolchi bo'yicha kelishuvga qaramay, London klubi hozircha Gyustoni sotishni rejalashtirmayapti: Maloning narxi aslo kam bo'lmaydi – 75 mln funt sterling (87 mln evrodan ortiq).
Bunday talab potentsial xaridorlarni qoniqtirishi qiyin, ularning qatorida «Manchester Siti» ham tilga olinmoqda. «Transfermarkt» portali Gyustoning qiymatini ancha kamtarona — 35 mln evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar